Click to listen highlighted text!

Maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirishga bag‘ishlangan o‘quv seminari

19.12.2025 15:18:35 7 Баспаға шығарыў

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan vazirlik hududiy bo‘linmalari va tizim tashkilotlari rahbarlari uchun tashkil etilgan seminarning o‘quv mashg‘ulotlari A.Avloniy nomidagi institutda olib borildi. Unda hududiy boshqarma va tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlari, “Kelajak markazlari”, Pedagogik mahorat markazlari masʼullari hamda vazirlik tizimidagi oliy taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirok etdilar. Seminar mashg‘ulotlari vazirlik va institut masʼullari tomonidan olib borildi. O‘quv seminarida:  maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida taʼlim sifati va samaradorligini oshirishning zamonaviy yechimlari;  pedagog kadrlarni tayyorlash va kasbiy rivojlantirish; byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish va smeta harajatlarini to‘g‘ri shakllantirish; “Kelajak markazlari” tizimini samarali tashkil etish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari olib borildi. Shuningdek, seminarda ishtirokchilar tomonidan berilgan savollar hamda muammoli vaziyatlarga yechimlar yuzasidan mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!