Click to listen highlighted text!

Amaliyotchi psixologlar inklyuziv sinflar bilan tanishdi

27.01.2026 09:51:07 11 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari metodikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan amaliyotchi psixologlar guruhi tinglovchilari uchun Nukus shahridagi 27-sonli umumiy ta’lim maktabida amaliyot darsi tashkil etildi. Amaliyot davomida tinglovchilar inklyuziv va korreksion sinflarning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Mashg‘ulot jarayonida ishtirokchilarga inklyuziv ta’limning maqsad va vazifalari, inklyuziv va korreksion sinflarning o‘ziga xos jihatlari, ushbu sinflarga jalb etiladigan o‘quvchilar toifalari hamda maktab psixologining asosiy vazifalari va kasbiy mas’uliyati bo‘yicha muhim nazariy va amaliy tushunchalar berildi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!