Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida 100 soatlik malaka oshirish kursi oʻquvlar yakunlanib, 24-fevral kuni tinglovchilar yakuniy attestatsiya sinovlarida qatnashdi. Attestatsiya loyiha va mikrodars taqdimoti orqali bilim, ijod va pedagogik mahorat namoyish etildi. Tinglovchilar kasbiy salohiyatini yana bir bor tasdiqladi.




