Click to listen highlighted text!

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida Kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

27.02.2026 16:11:43 19 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida 2026-yil fevral oyida navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Markaz direktori G.Kojabaeva olib bordi.

Kengash yig‘ilishida Markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va dolzarb masalalari muhokama qilindi va kun tartibiga quyidagi masalalar o‘rganib chiqildi:

Yanvar oyidagi markaziy Kengash qarorlarining bajarilishi; Yanvar oyida qabul qilingan qarorlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, mas’ullarning hisobotlari tinglandi. Qarorlar bajarilish samaradorligi muhokama qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi tomonidan pedagoglarga uzluksiz metodik yordam ko‘rsatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar; Pedagog xodimlarga uzluksiz metodik yordam ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi. O‘quv-metodik ta’minotni takomillashtirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Malaka oshirish kurslarida tinglovchilar bilan o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va ularning ahamiyati; Tinglovchilar bilan o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan ma’lumot berildi. Ushbu tadbirlarning pedagoglarning kasbiy va shaxsiy rivojlanishidagi o‘rni alohida ta’kidlandi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan Kengash a’zolarining fikr-mulohazalari tinglandi hamda muhokamalar yakunida tegishli qarorlar qabul qilindi. Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!