Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning ilg‘or tajribalarini umumta’lim muassasalariga tatbiq etish, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda pedagoglar o‘rtasida tajriba almashish maqsadida Nukus shahridagi Prezident maktabida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktori Gulistan Kojabaeva, markaz professor-o‘qituvchilari hamda markaz tinglovchilari faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida Prezident maktabi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan turli innovatsion loyihalar taqdim etildi. O‘quvchilar o‘z loyihalarining mazmun-mohiyati, maqsadi hamda amaliy ahamiyati haqida batafsil tushuntirishlar berib o‘tdilar. Shuningdek, tadbir qatnashchilari maktabning zamonaviy moddiy-texnik bazasi, laboratoriyalari, o‘quv xonalari, kutubxonasi hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.













