Click to listen highlighted text!

Darslarda Geymifikatsiya: Xalqaro Mutaxassis Ishtirokida Trening O‘tkazildi

06.03.2026 19:42:38 6 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida ta’lim sifatini oshirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘quv jarayoniga joriy etish maqsadida xalqaro mutaxassis Albert De La Peña ishtirokida malaka oshirish treningi bo‘lib o‘tdi.

Trening “Qiziqarli sinf o‘yini orqali dinamik darslarni tashkil etish” mavzusiga bag‘ishlandi. Trening davomida ishtirokchilar bir qator interaktiv ta’lim o‘yinlarini o‘rgandilar va ularni amaliyotda sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Mashg‘ulot davomida quyidagi jihatlar muhimligi ta’kidlandi:

Motivatsiya va jalb etish – o‘quvchilarning darsdagi ishtirokini oshirish, fanga qiziqishini rag‘batlantirish;

Faol ta’limni rag‘batlantirish – o‘quvchilarni passiv tinglovchidan faol ishtirokchiga aylantirish;

Tezkor formativ baholash – bilim va ko‘nikmalarni qiziqarli va samarali tarzda baholash imkoniyatlari.

Trening pedagoglarga darslarni yanada qiziqarli, interaktiv va samarali tashkil etish bo‘yicha yangi amaliy ko‘nikmalar va innovatsion yondashuvlarni taqdim etdi.

 

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!