Shu yil 12-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi” kafedrasi o‘qituvchisi Tumaris Aymuxammedova 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (qoraqalpoq tili) (pedagogika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Ta’limning universal dizayni sharoitida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-bilish ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi (qoraqalpoq maktablari misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi jamoasi nomidan Aymuxammedova Tumaris Kakajanovnani ilm yo‘lidagi bu yutug‘i bilan tabriklaymiz va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.




