Click to listen highlighted text!

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZIDA ILMIY-METODIK KENGASH MAJLISI BO‘LIB O‘TDI.

30.06.2025 17:42:18 91 Баспаға шығарыў

2025 yil 30 iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining kichik majlislar zalida navbatdagi ilmiy-metodik kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni Pedagogik mahorat markazi direktori Venera Bekmuratova ochdi va olib bordi.

Kun tartibida Markaz tomonidan 2025 yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish, shuningdek, istiqboldagi vazifalarni belgilash masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilar so‘zga chiqib, yanvar-iyun oylari oralig‘ida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar bo‘yicha ma’lumotlar berdi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida ayrim kamchiliklar qayd etildi va ular yuzasidan tanqidiy fikrlar bildirildi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ish samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan dolzarb vazifalar muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinib, mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!