Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi dotsenti Tajekbayeva Ziywar tomonidan boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishining 2-guruh tinglovchilari uchun “Tabiiy fan (SCIENCE) da amaliy tajribalar orqali o‘quvchilarning ekologik savodxonligini rivojlantirish” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Mashg‘ulotda tinglovchilarga SCIENCE dasturiga asoslangan darsliklaridagi amaliy tajribalar mazmuni, tajribalarni o‘tkazish bo‘yicha zamonaviy metodik talablar, laboratoriya va amaliy ishlarda hamkorlik texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha tushunchalar berildi. Dars jarayoni interfaol metodlar, amaliy tajribalar namoyishi va kichik guruhlarda bajariladigan topshiriqlar orqali olib borildi.
Dars yakunida tinglovchilar ekologik savodxonlikni shakllantirishda amaliy tajribalar muhim o‘rin tutishini ta’kidlab, o‘rganilgan metodlarni kundalik pedagogik faoliyatlarida qo‘llashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.











