Click to listen highlighted text!

#Respublika_o‘quv_seminari ÖZBEK TILINI ÖQITIŞDA ZAMONAVIY METODIKA VA INNOVATSION YONDAŞUVLAR

04.11.2026 12:32:35 2 Баспаға шығарыў

Joriy yilning 4–5-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida “Maktabgaça va maktab ta’limida özbek tilini sifatli öqitiş: zamonaviy metodika va innovatsion yondaşuvlar” mavzusida respublika öquv-seminari taşkil etilmoqda. Mazkur öquv-seminarining asosiy maqsadi maktabgaça va maktab ta’limi tizimida özbek tilini sifatli öqitiş metodikasini takomillaştiriş, pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantiriş hamda ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik yondaşuv va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etişdan iborat. Seminar doirasida pedagoglarning quyidagi yönalişlar böyiça bilim va amaliy könikmalarini rivojlantirişga alohida e’tibor qaratilmoqda: 🔹 bolalarda özbek tiliga qiziqiş uyğotiş va tabiiykommunikativ til muhitini yaratiş usullarini özlaştiriş; 🔹 bolalarning luğat boyligi, oğzaki nutqi, talaffuzi va fonematik eşitiş könikmalarini rivojlantiriş metodikalarini takomillaştiriş; 🔹 öyin texnologiyalari va interfaol metodlar asosida özbek tilini örgatiş samaradorligini oşiriş; 🔹 raqamli texnologiyalar va multimedia vositalaridan ta’lim jarayonida samarali foydalaniş; 🔹 inklyuziv va emotsional jihatdan xavfsiz ta’lim muhitini şakllantiriş; 🔹 özbek tili maşğulotlarini zamonaviy talablar asosida rejalaştiriş, taşkil etiş va tahlil qiliş könikmalarini rivojlantiriş. Bugungi öquv maşğulotlari davomida “Davlat tilini öqitişning zamonaviy konsepsiyasi, me’yoriy-huquqiy asoslari hamda CEFR va Milliy öquv dasturiga muvofiqligi”, “Öyin asosida bolalarga özbek tilini örgatiş texnologiyalari”, “Bolalar nutqini kuzatiş va yoş xususiyatlari tahlili”, “Davlat tilini kommunikativ yondaşuv asosida öqitiş metodikasi” mavzularida nazariy va amaliy maşğulotlar olib borilmoqda. Ma’lumot uçun: Respublika öquv-seminarida Qoraqalpoğiston Respublikasining 17 ta tuman va şahridan 17 nafar özbek tili öqituvçisi iştirok etmoqda.

Back To Top
Click to listen highlighted text!