Bugun, 26-noyabr kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktori Kojabaeva Gulistan Talasbaevnaning navbatdagi sayyor qabuli bölib ötdi. Sayyor qabul davomida fuqarolar öz mutaxassisliklari böyiça qayta tayyorlaş kurslariga qabul jarayonlari, öqiş tartibi hamda markaz faoliyatiga oid özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Markaz direktori tomonidan murojaatlar va savollar tinglanib, qayta tayyorlaş kurslariga qabul qiliş tartibi, mavjud imkoniyatlar hamda markaz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan tegişli tuşuntirişlar berildi. Şuningdek, bildirilgan taklif va murojaatlarni örganiş, kötarilgan masalalar yuzasidan tegişli çoralarni köriş böyiça vazifalar belgilab olindi. Qoraqalpoğiston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida fuqarolar va pedagoglar bilan oçiq muloqot olib boriş, ularning murojaatlarini örganiş hamda masalalariga amaliy yeçim topişga qaratilgan işlar davom ettirilmoqda. 






