Click to listen highlighted text!

BUYUK OLIM EDVIN PAUELL XABBL TAVALLUD AYYOMIGA BAĞIŞLANGAN TADBIR ÖTKAZILDI

20.11.2026 16:55:37 6 Баспаға шығарыў

2026-yil 20-noyabr kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida buyuk amerikalik astronom Edvin Pauell Xabbl tavallud topgan kun munosabati bilan “Koinot sirlarini kaşf etgan olim” mavzusida ma’rifiy tadbir taşkil etildi. Tadbirda markazning Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi mudiri, dotsent G. Allaxova, professor-öqituvçilar hamda fizika fani böyiça malaka oşiriş kursi tinglovçilari iştirok etdi. Tadbir davomida iştirokçilarga Edvin Pauell Xabblning hayot yöli, ilmiy faoliyati, astronomiya faniga qöşgan ulkan hissasi va muhim kaşfiyotlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Edvin Pauell Xabbl (1889–1953) — XX asrning maşhur amerikalik astronomlaridan biri bölib, galaktikalarni örganiş va koinotning kengayişi haqidagi ilmiy qaraşlarning şakllanişiga katta hissa qöşgan. 1923-yili Andromeda galaktikasini örganiş orqali Somon yölidan taşqarida ham mustaqil galaktikalarning mavjudligini ilmiy jihatdan isbotlagan. 1929-yilda esa galaktikalarning uzoqlaşiş tezligi va ulargaça bölgan masofa örtasidagi boğliqlikni aniqlagan. Uşbu ilmiy kaşfiyot bugungi kunda Xabbl qonuni nomi bilan maşhur. Şuningdek, olim şarafiga 1990-yilda koinotga uçirilgan maşhur Hubble kosmik teleskopi ham uning nomi bilan atalgan. Tadbir doirasida mavzuga oid körgazmali tajribalar va namoyişlar taşkil etilib, iştirokçilar özaro fikr almaşdilar hamda astronomiya va koinot sirlariga oid bilimlarini yanada boyitdilar.

Back To Top
Click to listen highlighted text!