Bugun, 14-mart kuni tuman (shahar) lardagi tayanch maktablarda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining Ingliz tili fani yo‘nalishi bo‘yicha navbatdagi (Cluster-school CPD activity) “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbiri o‘tkazilmoqda.
Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad: o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ijodiy izlanish va o‘z bilimini muntazam boyitib borish, zamonaviy o‘qitish metodikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
Ma’lumot uchun: Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 19 tayanch maktabda 719 yetakchi o‘qituvchi ishtirok etmoqda.