Click to listen highlighted text!

Nukus shahrida ‘Metodik mahorat kuni’ doirasida amaliy seminar-trening o‘tkazildi

18.03.2026 14:10:02 20 Баспаға шығарыў

2026-yil 17-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogika mahorat markazi metodistlari tomonidan Nukus shahridagi tayanch davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Metodik mahorat kuni” doirasida navbatdagi amaliy seminar-trening o‘tkazildi.

Tadbirda maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor o‘rinbosarlari faol ishtirok etib, o‘zaro tajriba almashish ham amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Seminar-trening davomida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik ishlarni samarali yo‘lga qo‘yish mexanizmlari, ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish omillari, shuningdek, bolaning mustaqil fikrlashi va ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishda estetik ta’limning o‘rni yuzasidan aniq amaliy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, Pedagogik mahorat markazining maktabgacha ta’lim metodisti A.Otarbaev hamda metodistlar J.Kojabaev va T.Auezimbetov o‘zlarining ilg‘or tajribalari, samarali amaliy ishlanmalari va metodik tavsiyalari bilan o‘rtoqlashib, seminar mazmunini yanada boyitdilar.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!