Click to listen highlighted text!

#taqdirlash “O‘qish savodxonlari” tanlovi g‘oliblari noutbuk va planshet bilan taqdirlandi

18.03.2026 16:05:08 18 Баспаға шығарыў

Bugun A.Avloniy nomidagi institutda Respublika umumtaʼlim maktablarining 4-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “O‘qish savodxonlari” tanlovining g‘oliblarini taqdirlash tadbiri o‘tkazildi.

Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi, A.Avloniy nomidagi institut tomonidan Turkiya Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TİKA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida o‘tkazilgan mazkur tanlovda Respublika bo‘yicha 164 ta maktabdan 18 ming nafarga yaqin 4-sinf o‘quvchilari ishtirok etdilar.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, har bir hududdan eng yuqori natijani qayd etgan 3 nafardan o‘quvchi saralab olinib, Respublika bo‘yicha jami 42 nafar g‘oliblar aniqlandi.

Tadbirda g‘oliblar diplom, noutbuk, planshet va statuetkalar bilan taqdirlandilar. Shuningdek, g‘oliblarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.

Maʼlumot uchun: Tanlovni tashkil etishda boshlang‘ich ta‘lim bosqichida o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini xalqaro mezonlar asosida rivojlantirish, ularning matn bilan ishlash kompetensiyalarini baholash ustuvor ahamiyat kasb etdi. Bu jihatlar xalqaro baholash dasturlarida, xususan, PIRLS tadqiqotida qo‘llaniladigan metodologik tamoyillar bilan hamohang yo‘lga qo‘yildi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!