Click to listen highlighted text!

O‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirish

09.04.2026 15:06:33 13 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi I. Dilmanov tomonidan professor-o‘qituvchilar uchun “O‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirish” mavzusida yangi amaliy-o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminarda professor-o‘qituvchilar: Zamonaviy ta’lim yondashuvlari bilan tanishdi; O‘quvchilarda kreativ fikrlash, tanqidiy tafakkur va raqamli savodxonlikni rivojlantirish bo‘yicha eng so‘nggi metodlarni o‘rganishdi; Shu bilan birga, quyidagi metod va platformalardan foydalanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi: Jarıs metodi Mentimetr platformasi O‘ylan–jupla–bo‘lis metodi Muzlan metodi

Seminarda markaz direktori akademik faoliyat bo‘yicha o‘rinbosari A. Qaypnazarov ham ishtirok etdi.

Seminar davomida professor-o‘qituvchilar o‘z amaliy faoliyatida XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlarni qo‘llash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!