Qoraqalpoğiston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida tinglovçilarning mantiqiy fikrlaş qobiliyatini rivojlantiriş, jamoada işlaş könikmalarini şakllantiriş hamda kasbiy salohiyatini oşiriş maqsadida “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi. Unda markazning malaka oşiriş kurslarida tahsil olayotgan umumta’lim maktablari direktorlarining öquv işlari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça örinbosarlari iştirok etdi. Intellektual bellaşuv “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari metodikasi” kafedrasi professor-öqituvçilari tomonidan taşkil etildi. Öyinning asosiy maqsadi iştirokçilarning kasbiy bilimlarini mustahkamlaş, mantiqiy fikrlaş qobiliyatini rivojlantiriş, pedagogik faoliyatda uçraydigan murakkab vaziyatlarda tezkor va töğri qaror qabul qiliş könikmalarini şakllantiriş, şuningdek, özaro tajriba almaşiş va jamoaviy hamkorlikni kuçaytirişdan iborat. Bellaşuvda tinglovçilardan tuzilgan “Lider” va “Javobgarlar” jamoalari özaro bilim va zukkolik borasida bellaşdi. Iştirokçilarning bilim darajasi, tezkorligi va mantiqiy fikrlaş qobiliyati bir neça bosqiçdan iborat murakkab hamda qiziqarli savollar orqali sinovdan ötkazildi. 











