#PIRLS_2026
#o‘quvchi_fikri
PIRLS 2026 Xalqaro tadqiqotlari doirasida dunyo bolalari bilan bir qatorda testda ishtirok etganimdan nihoyatda mamnunman.
Ushbu xalqaro baholash jarayoni menga o‘z bilim va ko‘nikmalarimni kengroq namoyon etish, shuningdek, tengdoshlarim bilan bir safda o‘z salohiyatimni sinab ko‘rish imkonini berdi.
Bu tajriba menga yanada ko‘proq o‘qish, izlanish va bilim olishga bo‘lgan qiziqishimni oshirdi. Savollarni o‘zim o‘qib, tushunishni va tahlil qilishni o‘rgandim.
Kelgusida ham o‘z ustimda muntazam ishlab, yuqori natijalarga erishishga harakat qilaman.
Aysanem Salmenova
Chimboy tumani 3-maktabning 4-sinf o‘quvchisi



