Click to listen highlighted text!

Ádebiyatımızdıń sarqılmas bulaqları

08.05.2026 18:08:24 0 Баспаға шығарыў

Ádebiyatımızdıń sarqılmas bulaqları 2026-yil 8-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogik mahorat markazida O‘zbekiston Qahramonlari, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Xalq shoiri Ibroyim Yusupov va O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Xalq yozuvchisi To‘lepbergen Qayipbergenov tavalludining 97 yilligi munosabati bilan » Ádebiyatımızdıń sarqılmas bulaqları » mavzusida adabiy-kompozitsion kecha tashkil etildi. Tadbirda markaz direktori Guliston Ko‘jaboyeva so‘zga chiqib, To‘lepbergen Qayipbergenovning qoraqalpoq va o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan hissasini, Ibroyim Yusupov ijodida insonparvarlik, ezgulik va milliy qadriyatlar yuksak darajada tarannum etilganini alohida ta’kidladi. Ta’kidlanganidek, I.Yusupov va T.Qayipbergenov qoraqalpoq she’riyati va nasridagi eng ko‘zga ko‘ringan shaxslardan bo‘lib, o‘z davri adabiyotining bayteragi bo‘ldi. Ularning asarlari faqat qoraqalpoq xalqiga ma’lum bo‘lib qolmay, qardosh va rus xalqlari tillariga tarjima qilindi. O‘tkazilgan kechada shoir va yozuvchining hayoti, ijodiga bag‘ishlangan ma’ruzalar, asarlaridan badiiy o‘qishlar, ohangli qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari ijro etildi. Ijodkorlarning asarlari mazmunidan olingan viktorina savollari ularning asarlari mazmunini yodga soldi. Kecha ishtirokchilarda katta taassurotlar qoldirdi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!