Click to listen highlighted text!

“Oila — tarbiya maskani, jamiyatning tayanchi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

14.05.2026 16:59:03 8 Баспаға шығарыў

15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida “Oila — tarbiya maskani, jamiyatning tayanchi” mavzusida seminar tashkil etildi. Tadbirda Pedagogik mahorat markazi direktorining akademik faoliyat bo‘yicha o‘rinbosari A. Qaypnazarov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi Nukus shahri FHDYO bo‘limi boshlig‘i S.Pirnazarova, “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari metodikasi” kafedrasi mudiri, professor M.Utepbergenov, professor-o‘qituvchilar hamda tinglovchilari ishtirok etdi. Seminar davomida oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, maktab amaliyotchi psixologlari malaka oshirish kursi tinglovchilari tomonidan oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan psixologik trening tashkil etildi. Tadbir savol-javob va qiziqarli munozaralar asosida yakunlandi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!