Pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, kreativ fikrlashini rivojlantirish hamda zamonaviy ta’lim metodlari bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash maqsadida Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi tomonidan “Metodik zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. ✍️O‘yinda ingliz tili, musiqa madaniyati va texnologiya yo‘nalishlaridan jami 15 nafar tinglovchi (har bir yo‘nalishdan 5 nafardan) ishtirok etdi. Qizg‘in va murosasiz bahslar ruhida o‘tgan o‘yinda ishtirokchilarga pedagogik mahorat, zamonaviy metodlar hamda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan 20 ta savol taqdim etildi. Jamoalar har bir savolga 1 daqiqa davomida maslahatlashib, jamoaviy javob berdi. O‘yin davomida hakamlar hay’ati tomonidan javoblar xolisona baholab borildi. 🏆 Yakuniy natijalar: 🥇-o‘rin – Ingliz tili yo‘nalishi tinglovchilari (16 ball) 🥈-o‘rin – Texnologiya yo‘nalishi tinglovchilari (15 ball) 🥉-o‘rin – Musiqa madaniyati yo‘nalishi tinglovchilari (4 ball) Asosiy bosqich yakunida ingliz tili va texnologiya jamoalari 13 balldan to‘plab, teng natija qayd etgani sababli g‘olibni aniqlash uchun qo‘shimcha 3 ta savol berildi. G‘olib va sovrindor jamoalar “Húrmet jarlıǵı” hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 







