Click to listen highlighted text!

#Zakovat_intellektual_o‘yini Bilimlar bellashuvi — “Zakovat” intellektual o‘yini

12.06.2026 18:00:28 3 Баспаға шығарыў

Tinglovchilarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, mantiqiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda jamoaviy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi tomonidan tinglovchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Bellashuv davomida ishtirokchilar turli yo‘nalishlardagi savollarga javob berib, o‘z bilimlari, zukkoligi va tezkor fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar. Qizg‘in bahs-munozaralar va sog‘lom raqobat muhitida o‘tgan o‘yin tinglovchilarning bilimlarini mustahkamlash, fikrlash doirasini kengaytirish hamda o‘zaro tajriba almashishlari uchun samarali maydon bo‘ldi. Mazkur intellektual o‘yin tinglovchilarda bilimga intilish, izlanish va o‘z ustida ishlash motivatsiyasini yanada kuchaytirdi.

 

Back To Top
Click to listen highlighted text!