Qoraqalpogʻiston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi tomonidan pedagoglarning ilgʻor tajribalarini ommalashtirish yoʻnalishida yuqori natijalarga erishildi. Joriy yilda boshlangʻich taʼlim yoʻnalishida 16 ta, amaliy fanlar yoʻnalishida 4 ta, ijtimoiy fanlar yoʻnalishida 1 ta hamda kimyo fani yoʻnalishida 1 ta metodik ish Respublika miqyosida ommalashtirildi. Natijada jami 22 ta metodik ish Respublika miqyosida ommalashtirilib, taʼlim tizimida ilgʻor tajriba sifatida eʼtirof etildi. Mazkur natijalar pedagoglarning taʼlim sifatini oshirish, ilgʻor tajribalarni amaliyotga joriy etish hamda oʻquv-tarbiya jarayonining samaradorligini yuksaltirish yoʻlidagi izchil mehnatlarining munosib eʼtirofi hisoblanadi. Ushbu natijalar pedagoglarning yuksak kasbiy mahorati, ijodiy yondashuvi va samarali mehnatining munosib e’tirofi bo‘lib, ularning ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi fidokorona sa’y-harakatlarini yaqqol namoyon etadi.




