Click to listen highlighted text!

Korrupsiyasiz jamiyat — farovon turmush poydevori

15.06.2026 15:50:35 8 Баспаға шығарыў

Pedagogik mahorat markazida “Korrupsiyaga qarshi kurash — yorqin kelajagimiz poydevori” mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda markaz professor-o‘qituvchilari hamda tinglovchilari ishtirok etdilar. Uchrashuvni Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi mudiri, tarix fanlari nomzodi, dotsent R. Bauetdinov ochib berdi va olib bordi. Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-apreldagi 202-son qarori ilovasining 42-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 18-maydagi 03-13-2584-sonli xatida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, huquqbuzarlik va korrupsiyaning jamiyat hamda davlat taraqqiyotiga salbiy ta’siri haqida to‘g‘ri dunyoqarashni shakllantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanlararo ma’muriy sudi sudyasi, yuridik fanlar doktori (DSc), professor Q. Babanazarov “Korrupsiyaga qarshi kurash madaniyatini shakllantirishda targ‘ibot-tashviqot ishlarining ahamiyati” mavzusida; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar sudi tergov sudyasi D. Srajadinov “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish — asosiy vazifamiz” mavzusida; Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi A. Shrazov esa “Korrupsiya va uning belgilari” mavzusida ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar. Ta’kidlanganidek, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida targ‘ibot materiallari va taqdimotlardan keng foydalanish, sohaga oid qonunchilik hujjatlari hamda ichki lokal normativ hujjatlarni xodimlarga yetkazib borish muhim ahamiyat kasb etadi.

Back To Top
Click to listen highlighted text!