Click to listen highlighted text!

TAJRIBA ALMASHISH DAVOM ETMOQDA

17.06.2026 11:48:38 79 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi tinglovchilari Nukus shahridagi Prezident maktabi hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga tashrif buyurib, ilg‘or ta’lim tajribalari bilan yaqindan tanishdilar. Tinglovchilar mazkur ta’lim muassasalarida yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, innovatsion ta’lim texnologiyalari, STEAM yo‘nalishidagi amaliy mashg‘ulotlar hamda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rgandilar. Shuningdek, ular maktablardagi zamonaviy laboratoriyalar va axborot-resurs markazlari faoliyati bilan tanishdi.

Back To Top
Click to listen highlighted text!