Click to listen highlighted text!

Pedagoglar uchun iyun oyi o‘quv darslari davom etmoqda.

17.06.2026 15:26:05 2 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida 2026-yil iyun oyi tinglovchilari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslari davom etmoqda. O‘quv mashg‘ulotlari davomida tinglovchilarga malaka oshirish kurslarining maqsad va vazifalari, o‘quv-metodik faoliyatni samarali tashkil etish masalalari hamda zamonaviy ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan motivatsion mashqlar va ularning amaliy ahamiyati yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Ayni paytda markazda 37 ta guruhda 100 soatlik malaka oshirish kurslarida jami 1006 nafar pedagog xodim tahsil olmoqda. Kurslar 22 ta yo‘nalish bo‘yicha tashkil etilgan bo‘lib, pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘zlashtirish va amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirishga qaratilgan.

Back To Top
Click to listen highlighted text!