Click to listen highlighted text!

🌍 OZON QATLAMINI MUHOFAZA QILISH

16.09.2026 16:56:51 9 Баспаға шығарыў

16-sentabr — Xalqaro ozon qatlamini muhofaza qilish kuni munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi tashabbusi bilan kimyo fani tinglovchilari ishtirokida tadbir tashkil etildi.  Tadbirning asosiy maqsadi — tinglovchilarning ozon qatlamining Yer ekotizimi va inson salomatligini muhofaza qilishdagi ahamiyati haqidagi bilimlarini kengaytirish, ozon qatlamining yemirilish sabablari va oqibatlari, unga ta’sir etuvchi omillar yuzasidan ilmiy tushunchalarini mustahkamlash hamda ekologik mas’uliyatni oshirishdan iborat. 🧪 Tadbir davomida ozon qatlamining yemirilish sabablari va oqibatlari, ozon qatlamiga ta’sir etuvchi omillar, shuningdek, ozon qatlamini o‘rganishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi. 🔬 Mavzuni amaliy jihatdan yoritish maqsadida «Elementlar o‘yini», «Sakura daraxti» hamda «Gugurtsiz olov yoqish» kabi kimyoviy tajribalar namoyish etilib, ularning ilmiy asoslari tushuntirildi.

 

Back To Top
Click to listen highlighted text!