“Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” tadbirlarini samarali tashkil etish maqsadida o‘tkazilgan uch kunlik o‘quv seminari o‘z nihoyasiga yetdi. Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi Gulzar Baytileuova hamda Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodisti Ajiniyoz Otarbaev master-trener sifatida ishtirok etdilar. Seminar davomida ishtirokchilar “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati”ni mazmunli va samarali tashkil etish, zamonaviy metodlardan foydalanish hamda ilg‘or tajribalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Kurs yakunida ishtirokchi va trenerlarga sertifikatlar, faol ishtirokchilarga tashakkurnomalar, shuningdek, Institut tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi. Uch kun davomida shakllangan bilim, ko‘nikma va tajribalar endilikda hududlarda “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish jarayonida amaliyotga tatbiq etiladi.
.




