Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Qo‘mita raisi Murat Atamuratov, O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim va fan vazirining o‘rinbosari Mehriniso Pardayeva, Fanlar akademiyasining birinchi vitse-prezidenti Shomansur Sagdullayev, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova, Fan olimpiadalari markazi direktori, ARBIChO 2026 Tashkiliy qo‘mitasi raisi Toraboy Shermatov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Amanjol Ayapov ishtirok etdi. ➖ Yakuniy natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari jami 16 – 4 oltin, 6 kumush va 6 bronza medal hamda amaliy sinov bo‘yicha to‘liq g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ma’lumot o‘rnida: mintaqaviy xalqaro olimpiadalardagi medallar uchun: ➖ Oltin medal sohibiga – 12 BHM (5 280 000 so‘m), o‘qituvchisiga – 50 BHM (22 000 000 so‘m); ➖ Kumush medal sohibiga – 8 BHM (3 520 000 so‘m), o‘qituvchisiga – 35 BHM (15 400 000 so‘m); ➖ Bronza medal sohibiga – 6 BHM (2 640 000 so‘m), o‘qituvchisiga – 30 BHM (13 200 000 so‘m) miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi. Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy xalqaro olimpiada g‘oliblari oliy o‘quv yurtlariga kirishda o‘z fanidan maksimal ballga ega bo‘ladi. Shuningdek, g‘oliblarning ustozi bevosita oliy toifa oladi.





