Click to listen highlighted text!

MENTOR-TRENERLARNI TAYYORLASH BO‘YICHA TRENING: AMALIY MASHG‘ULOTLAR BOSHLANDI

28.09.2026 13:57:52 14 Баспаға шығарыў

 Qaraqalpaqstan Respublikası Pedagogikalıq sheberlik orayında «Kásiplik rawajlanıw kúni» hám «Kásiplik rawajlanıw saatı» ilajları sheńberinde mentor-trenerlerdi tayarlaw boyınsha ótkerilip atırǵan úsh kúnlik trening óz jumısın basladı. Ilajdıń ashılıw máresiminde oray direktorı Gulistan Kojabaeva treningtiń maqset hám wazıypaları, sonday-aq, 2026-2027-oqıw jılında «Kásiplik rawajlanıw kúni» hám «Kásiplik rawajlanıw saatı» ilajların nátiyjeli shólkemlestiriwde mentor-trenerlerdiń ornı haqqında aytıp ótti. “Mentor-trenerlarni tayyorlash bo‘yicha trening” doirasida amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda. Unda 293 nafar mentor-trener 2026–2027-o‘quv yilida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish uchun zamonaviy metod va yondashuvlarni o‘zlashtirmoqda. Mashg‘ulotlar avvalida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktori Gulistan Kojabaeva mentor-trenerlarga “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” mashg‘ulotlarini mazmunli va samarali tashkil etish, zamonaviy metodik yondashuvlardan unumli foydalanish hamda pedagoglarning kasbiy rivojlanishiga amaliy ko‘mak berishning muhim jihatlari haqida so‘zladi. Treningte: — zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodik yondashuvlar; — SEL va UDL tamoyillari; — pedagogik refleksiya va baholash; — sun’iy intellekt va raqamli vositalardan foydalanish; — PISA, PIRLS va TIMSS dasturlarini fan mazmuniga integratsiya qilish yo‘nalishlari o‘rganilmoqda. Fanlar kesimida esa raqamli va virtual laboratoriyalar, PBL, xalqaro baholash dasturlari, kommunikativ va til kompetensiyalarini rivojlantirish kabi amaliy mavzular qamrab olingan. Treningning asosiy vazifasi — zamonaviy metodik yechimlarni amaliyotga samarali joriy eta oladigan mentor-trenerlarni tayyorlash. Shu orqali ishtirokchilarda “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” mashg‘ulotlarini sifatli tashkil etish hamda pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur kompetensiyalar shakllantirilmoqda.

Back To Top
Click to listen highlighted text!