Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida korrupsiyaning oldini olish, jamiyatda halollik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlashga bag‘ishlangan “Korrupsiyaning oldini olishda ta’limning roli” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi Nukus shahri yuridik xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Tumur Utemuratov hamda bosh yuriskonsult Artyqbay Seytnazarov, shuningdek, Pedagogik mahorat markazi professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari ishtirok etdi. Yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ta’lim tizimida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, pedagog xodimlar va tinglovchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, korrupsiyaviy holatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi omillarni tushuntirish hamda ta’lim jarayonida qonuniylik, xolislik, adolat va shaffoflik tamoyillariga rioya etilishini ta’minlashdan iborat. Shuningdek, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning salbiy oqibatlarini anglatish, har bir xodimda shaxsiy mas’uliyat va kasbiy halollikni mustahkamlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.












