2026-yil 18-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida “Korrupsiyaning oldini olishda ta’limning roli” mavzusida yig‘ilish tashkil etildi.
Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktori G.Kojabaeva, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining katta yordamchisi E.Qayipova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh maslahatchisi Jamshid Bekimbetov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tezkor vakili Ruslan Kallibekov, tegishli soha mutaxassislari, markaz professor-o‘qituvchilari hamda tinglovchilar ishtirok etdi.
Tadbir davomida korrupsiyaning oldini olishda ta’limning o‘rni va ahamiyati, yoshlar ongida halollik va ta’lim muassasalarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati yuzasidan ma’ruzalar tinglandi. Shuningdek, ishtirokchilar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qonunchilik hujjatlari, profilaktik choralar hamda ta’lim tizimida halollik madaniyatini keng targ‘ib etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.





