Click to listen highlighted text!

HUDUDLARDA MOBIL METODIK GURUHLAR FAOLIYATI: PEDAGOGLAR UÇUN AMALIY SEMINARLAR

09.11.2026 09:28:14 12 Баспаға шығарыў

Qoraqalpoğiston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat körsatiş bölimi metodistlari tomonidan hududlardagi umumta’lim maktablarida pedagoglarning kasbiy mahoratini oşiriş, ilğor tajribalarni ommalaştiriş va zamonaviy ta’lim yondaşuvlarini amaliyotga tatbiq etişga qaratilgan metodik seminarlar taşkil etilmoqda. ✔️Jumladan, 2026-yil 5–6-noyabr kunlari Taxtaköpir va Törtköl tumanlaridagi umumta’lim maktablarida mobil metodik guruhlar doirasida öquv-amaliy seminarlar ötkazildi. Xususan, Taxtaköpir tumanidagi 4-, 9- va 21-sonli maktablar, Törtköl tumanidagi 41- va 49-sonli umumta’lim maktablari öqituvçilari iştirokida taşkil etilgan seminarlarda quyidagi dolzarb mavzular qamrab olindi: 🔹 Öquvçilarda XXI asr könikmalarini şakllantiriş — tanqidiy fikrlaş, ijodkorlik, kommunikativ qobiliyat, jamoada işlaş va muammolarni hal etiş könikmalarini rivojlantiriş; 🔹 Pedagoglarning ilğor iş tajribalarini aniqlaş va ommalaştiriş — samarali metod va pedagogik yondaşuvlarni örganiş hamda ta’lim jarayoniga tatbiq etiş; 🔹 Öquvçilarning nutqiy kompetensiyalarini baholaş va monitoring qiliş — öquvçilarning nutqiy rivojlanişini kuzatiş va baholaşning samarali usullari; 🔹 Ta’lim jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalaniş — zamonaviy raqamli imkoniyatlarni dars jarayoniga tatbiq etiş. Şuningdek, seminarlar davomida yangi avlod darsliklarining mazmun-mohiyati, zamonaviy ta’lim talablari, noan’anaviy va interfaol metodlardan foydalaniş böyiça amaliy tavsiyalar berildi. Tadbirlar yakunida pedagoglar özaro tajriba almaşib, darslarni mazmunli, qiziqarli va samarali taşkil etiş böyiça yangi bilim va amaliy könikmalarga ega böldilar.

Back To Top
Click to listen highlighted text!