Click to listen highlighted text!

#LIVE #IŞONÇ2030 RAQAMLI INKLYUZIYA: PEDAGOGLAR ZAMONAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARINI ÖRGANMOQDA

09.11.2026 09:51:07 15 Баспаға шығарыў

Ayni paytda Nukus şahridagi 34-sonli umumta’lim maktabida UNICEF, Google for Education va STEM Solution hamkorligida IŞONÇ 2030 loyihasi doirasida “Google ta’lim vositalari orqali raqamli inklyuziya va barça uçun qulay ta’lim” mavzusida trening bölib ötmoqda. Treningda pedagoglar Çromebook qurilmalaridan foydalaniş, Google Workspace for Education platformasi imkoniyatlari, Gemini sun’iy intellekt vositalari hamda inklyuziv ta’limni qöllab-quvvatlovçi raqamli yeçimlarni örganmoqda. Maşğulotlar davomida iştirokçilar zamonaviy raqamli vositalar bilan işlaş böyiça amaliy topşiriqlarni bajarib, ularni dars jarayonida samarali qöllaş könikmalarini şakllantirmoqda. Treningda Qoraqalpoğiston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi katta öqituvçisi Dilfuza Qutlimuratova hamda Metodik xizmat körsatiş bölimi metodisti Abdikadir Bayniyazov trener sifatida iştirok etmoqda.

Back To Top
Click to listen highlighted text!