O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini xorijiy til va zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-53-sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab respublikasidagi 22 ta umumta’lim maktablari ikkinchi xorijiy (ingliz, nemis, fransuz, koreys va yapon) tilni o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida ikkinchi xorijiy tildan dars beradigan o‘qituvchilardan 25 nafar tinglovchilari uchun yangi o‘quv dasturlari va metodikalarga o‘rgatish bo‘yicha qisqa muddatli malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tugatgan xorijiy til o‘qituvchilariga malaka oshirish kurslarini tugatganligi to‘g‘risida sertifikat beriladi.