Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ham da Singapurning «Marshall Cavendish Education» xalqaro ta’lim tashkiloti hamkorligida o‘tkazilgan seminar-treninglarni kaskad usulida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2024-yil 26 – 29 – avgust kunlari o‘tkazilmoqda.
Mana bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha shahar, tumanlarida Singapurning «MARSHALL CAVENDISH EDUCATION» tashkiloti bilan hamkorlikda «Muvaffaqiyatli islohotlar – yuksak natijalar» mavzusidagi seminar-treningning navbatdagi bosqichi o‘tkazilmoqda.
Tadbirga maktab direktorlari, matematika fani o‘qituvchilari, tabiiy (Science) fani o‘qituvchilari qamrab olindi.