Prezidentimiz tarafidan ta’lim tizimiga katta e’tibor qaratilib, ta’lim sifatini oshirish sohasida keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231 – sonli qarori asosida barcha umumta’lim maktablarida «Kasbiy rivojlanish kuni» va «Kasbiy rivojlanish soati» tadbirlarining joriy etilishi – bu o’qituvchilarning ta’lim sohasidagi so’ngi yangiliklar, zamonaviy metod va usullar bilan tanishib, ta’lim sifatini yanada oshirishga keng imkoniyat yaratib berdi. Hozirda Qoraqalpog’iston Respublikasi misolida mazkur ommaviy tarzda tashkil etilayotgan tadbirga barcha aniq hamda tabiiy fan o’qituvchilarini qamrab olgan bo’lib, ularga respublikamizdagi eng ilg’or tajribali o’qituvchilar trener va mentor sifatida biriktirildi.
Har bir tumanda tayanch maktablari tashkil etilib, mazkur maktablarda o’qituvchilar uchun sharoitlar yaratilmoqda.
Qoraqalpog’iston Respublikasida ta’lim sifatini oshirish, Davlatimiz rahbari tarafidan ta’lim tizimi bo’yicha belgilab bergan vazifalarning ijrosini ta’minlash, o’qituvchilar malakasini oshirish tizimining samaradorligini o’rganish, xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko’rishda va amaliy yordam ko’rsatish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida tadbir tashkillashtirildi.
Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining maslahatchisi U.Tashkenbayev, Xalqaro tadqiqotlar markazi direktori S. Palvanniyazov, Ta’lim sifatini baholash va monitoring qilish boshqarmasi bosh mutaxasissi A. Karimberdiyev, A. Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutining hududlarda uzluksiz kasbiy rivojlanishni muvofiqlashtirish bo’limi boshlig’i A. G’affarov, Xalqaro tadqiqotlar markazi tadqiqotlarni tashkil etish bo’limi boshlig’i A. Maqsudov, Pedagogik mahorat markazi direktori V. Bekmuratova, Qoraqalpog’iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o’rinbosari M. Shlimbetova, vazirlik mutaxasisslari, pedagogik mahorat markazi metodik xizmat ko’rsatish bo’limi metodistlari, treninglarda tayyorlangan master-trener va trener-koordinatorlar qatnashdi.
Tadbirni Qoraqalpog’iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktori V. Bekmuratova ochdi va boshqarib bordi.
Tadbir doirasida mutaxasisslar tomonidan:
Kasbiy rivojlanish kuni va Kasbiy rivojlanish soatini sifatli davom ettirish; O’qituvchilarning zamonaviy texnologiyalardan va «Cerebey» platformasidan samarali foydalanish; PISA tadqiqotlariga tayyorgarlikni kuchaytirish haqida zaruriy tavsiyalar berildi.
Tadbir Respublikamizning maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlarida ham davom etmoqda.