Nukus shahridagi Temurbeklar maktabida tashkil qilingan uchrashuv natijalarini o’rganish ishlari tahlil qilindi.
Xabaringiz bor, Qoraqalpog’iston Respublikasiga xizmat safari bilan kelgan O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o’rinbosari U. Toshkenboyev rahbarligidagi ishchi guruh a’zolari ikki kun davomida Respublikamizning barcha tuman (shahar) umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’rganish ishlarini olib bordi.
Majlisda kun tartibidagi masalalar ko’rib chiqildi. «Kasbiy rivojlanish kuni», «Kasbiy rivojlanish soati» bo’yicha bajarilayotgan ishlar tahlil qilinib, tuman va shaharlar kesimida mavjud kamchiliklar o’rganilib, ularni bartaraf etish bo’yicha ko’rsatmalar berildi;
Kasbiy rivojlanish kuni va soatlarini sifatli hamda doimiy tashkil etish; Hududlarda metodik seminarlar tashkil qilish; O’qituvchilarni zamonaviy texnologiyalardan va «Cerebey» platformasidan samarali foydalanishni nazorat qilish; PISA tadqiqotlariga tayyorgarlik ko’rish va ijrosini ta’minlashni monitoring qilish;
Majlisda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan strategik vazifalarni belgilanib, kelajakda belgilangan maqsadlarga erishish uchun muhim asos bo’lib xizmat qilishi aytildi.