Click to listen highlighted text!

«Metodik mahorat kuni» va «Metodik mahorat soati» tadbirlari o‘tkazildi

04.01.2025 14:43:29 52 Баспаға шығарыў

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024 yil 8 noyabrdagi «Maktabgacha, ta’lim tashkilotlarida «Metodik mahorat kuni» va «Metodik mahorat soati» tadbirlarini bosqichma-bosqich tashkil etish to‘g‘risida»gi maxsus buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlari uchun malaka oshirishning «Metodik mahorat kuni» va «Metodik mahorat soati» tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligidan biriktirilgan mas’ullar T.Kalmuratov va A.Shavkatov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktori V.Bekmuratova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari M.Shlimbetova, vazirlikning Pedagogik xodimlar salohiyatini oshirishni muvofiqlashtirish sektori, Maktabgacha ta’lim tashkilotining muvofiqlashtiruvchi bo‘limi mutaxassislari, 2 nafar master-trener, 25 nafar trener (mentor) va boshqa mutasaddilar ishtirok etdi.

Tadbir davomida «Metodik mahorat kuni» va «Metodik mahorat soati» tadbirlarini sifatli tashkil etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!