O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi «Maktabgacha va maktab ta’limi muasassalari xodimlarini kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PQ-231 – sonli qarorining 7-bandi va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning rahbarligida 2024-yil 30-sentyabr kuni tashkil etilgan videoselektor majlisining 41-sonli bayonnomasining 11-bandida 2025-yil 1-yanvargacha hududiy pedagogik mahorat markazlariga nufuzli chet el oliy ta’lim tashkilotlarini bitirgan chet ellik mutaxassislarni jalb qilish vazifasi belgilangan edi.
Mazkur qaror asosida Janubiy Afrikalik tajribali mutaxassislar S’celo Velenkosini Zulu va Monsi Richard Mokete, Qoraqalpog’iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktori V.Bekmuratovaning maslahatchisi lavozimida o’z ish faoliyatini boshladi.
Chet ellik maslahatchi quyidagi yo’nishlarda faoliyat yuritadi:
Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning ilg’or tajribalarini umumta’lim maktablariga joriy etish; 2024-2025 – o’quv yili davomida tashabbusli vazifalarni belgilash;
xalqaro ilmiy-metodik hamkorlikni rivojlantirish; umumta’lim sohasida ilg’or xorijiy tajribalarni tadqiq etish va tavsiyalar ishlab chiqish; pedagoglar uchun yangi metodikalar joriy etish va kasbiy rivojlanishni qo’llab-quvvatlash;