O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentyabrdagi «Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida» gi PF-152- sonli Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 24-noyabrdagi 362-sonli, shuningdek 2024-yil 24-noyabrdagi 380-sonli buyruqlarida belgilangan vazifalar ijrosi, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida malaka oshirishning «Metodik mahorat soati» tadbirlarini sifatli tarzda yo’lga qo’yish maqsadida bugun Respublikamizning 25 tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotida «Metodik mahorat kuni» tadbirlari boshlandi. Bunda mentor trenerler tomonidan MTT yetakchilariga: MMK va MMS tadbirlari orqali MTT darsliklari sifati, bolalar bilan ishlashish psixologiyasi o’rgatiladi; MMS tadbirlarini amalga oshirishda o’quv darsliklarini samaralo tashkil etish bo’yicha bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladi. Seminarda 25 mentor, 446 yetakchi pedagoglar qatnashmoqda. Bu orqali Respublikamizning 471 davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktor o’rinbosarlari o’qitilib, natijada 9 ming 26 pedagog kadrlar qamrab olinishi rejalashtirilgan. Metodik mahorat kunlari har oyning 1-3 haftasida seshanba kuni tashkil etish belgilangan.