Xabaringiz bor, tegishli buyruq bilan Janubiy Afrikalik tajribali mutaxassis Monsi Richard Mokete Qoraqalpog’iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktori V.Bekmuratovaning maslahatchisi etib tayinlangan edi. Monsi Richard Mokete tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi professor-o’qituvchilari va metodistlari uchun «Loyihaga asoslangan ta’lim» mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Treningda STEAM texnologiyasi asosida o’quvchilarning tanqidiy va ijodiy fikrlash ko’nikmalarini rivojlantiruvchi amaliy mashg’ulotlar bajarildi. Treningda berilgan mashq va topshiriqlar qatnashuvchilar tomonidan keng muhokama qilindi. Trening yakunida Markazda dars jarayonlarida mazkur topshiriqlardan maqsadga muvofiq tarzda foydalanish tavsiya etildi.