Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institute, Singapur xalqaro ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikda 6-10 – yanvar kunlari master-trenerlar uchun navbatdagi o’quv seminari tashkil etildi.
Unda dastur doirasida singapurlik tabiiy fanlar bo’yicha xalqaro ekspertlar doctor Charles Chew, Lau Chor Yam, Mannan, doctor Turner, matematika fanidan Kanan Ramdas (Raj), doctor Oh Boon Seng Brandonlar tomonidan tayyorlangan o’quv materiallarini mentorlarga yetkazish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida master-trenerlar tomonidan mentor-o’qituvchilar uchun trening tashkillashtirilmoqda. Treningda 4 master va 29 nafar o’qituvchilar ishtirok etmoqda.