Click to listen highlighted text!

Hurmatli Vatan himoyachilari! Qadrli vatandoshlar. Sizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan chin yurakdan tabriklaymiz.

15.01.2025 09:38:54 69 Баспаға шығарыў

 Yurtimizda Vatanni himoya qilishday buyuk xizmatga o’zini bag’ishlagan askarlarimiz cheksiz hurmat-izzatga loyiq ko’rilib, har yili 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni sifatida belgilanib kelinmoqda. Albatta, Vatanni himoya qilish barcha uchun muqaddas burch va vazifa hisoblanadi. Bu vazifani ado etishda yurtimiz himoyachilari hisoblangan milliy armiyamiz va barcha huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan xalqimizning tinch va osoyishta turmushini ta’minlash yo’nalishida olib borilayotgan amaliy ishlarni alohida e’tirof etish zarur. 14-yanvar kuni esa mamlakatimizda nafaqat harbiy xizmatchilar bayrami, balki butun yurtimizdagi vatandoshlarimizning tinchlik va osoyishtalik kuni sifatida keng tarzda belgilanmoqda. Shunday ekan O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tuzilganligining 33 yilligi va 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni bayrami bilan butun xalqimizni tabriklaymiz. Yurtimiz tinch, osmonimiz ochiq, xalqimiz turmushi farovon bo’lsin. 

Hurmat bilan,

Venera Bekmuratova Qoraqalpog’iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktori

 

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!