Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 33 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogika markazi direktori o‘rinbosari A.Qaypnazarov so‘zga chiqib, ishtirokchilarni bayram munosabati bilan tabriklab, muhtaram Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni tomonidan sohaga qaratilayotgan ulkan e’tiborni alohida ta’kidladi.
Buyuk Amir Temur bobomiz aytganlaridek, g‘alaba taqdirini avvalo qo‘shinning jangovar ruhi va tayyorgarligi, ma’naviy qudrati va mustahkam irodasi hal etadi.
Milliy armiyamizning chegaralarimiz xavfsizligini, Vatanimiz tinchligini ta’minlashdagi xizmatlari beqiyos. Vatan himoyachilari bor ekan, yurtimiz tinch, osmonimiz ochiq, xalqimizning farovonligi va totuvligi bardavom bo‘ladi.
Tadbir davomida markaz xotin-qizlar tomonidan tayyorlangan bayram sovg‘alari, yigit-qizlarning har tomonlama mahorat qobiliyatini namoyon etuvchi qiziqarli o‘yin va viktorinalar, yig‘ilganlarga haqiqiy bayramona kayfiyat bag‘ishladi.