Click to listen highlighted text!

BIZ BIR EL VA BIR VATAN FARZANDLARIMIZ!

26.03.2025 15:34:16 82 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida «O‘zbekiston – umumiy uyimiz,» «Biz bir el va bir Vatan farzandlarimiz!» shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash, turli millat vakillarining tili, madaniyati, urf-odat va an’analarini saqlash, rivojlantirish, mamlakatimizda turli millat vakillari o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik, o‘sib kelayotgan avlodni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, turli millat va e’tiqod vakillariga bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash haqida keng tushunchalar berildi.

Tadbirda tinglovchilar tomonidan qardosh xalqlarning kuy-qo‘shiqlari, raqslari, urf-odatlariga bag‘ishlangan ko‘rgazma va sahna ko‘rinishlari tashkil etildi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!