Click to listen highlighted text!

Ta’lim sifatini oshirishda tartib va erkinlikning ahamiyati

26.03.2025 17:20:47 77 Баспаға шығарыў

METODIK TUR

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashining 2025-yil 25-yanvardagi

«Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi 2025-yilda rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan rejalar» to‘g‘risidagi 01-12-05-15-sonli yo‘l xaritasining 14-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari M.Xanmatov, N.Matlatipova, D.Aytmuratova, U.Matmuratov, Z.Saparbayevalar 2025-yil 25-26-mart kunlari To‘rtko‘l tumanidagi 38,-51-sonli maktablarda «METODIK-TUR» o‘tkazdi.

«METODIK TUR»da maktablarning pedagog o‘qituvchilari uchun «Ta’lim sifatini oshirishda tartib va erkinlikning ahamiyati» mavzusida amaliy seminar-trening o‘tkazildi.

Seminar-treningda amaliy ishlarni guruhlarda bajarish orqali «4K modeli,» «5E modeli» ko‘nikmalarini rivojlantirdi.

Seminar yakunida bilim sifatini oshirish uchun quyidagi ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha metodik tavsiyalar olindi:

  Tanqidiy, kreativ, erkin fikrlash;

  Moslashuvchanlik;

  Mustaqil ta’lim olish ko‘nikmasi;

  Mas’uliyatni rivojlantirish;

  Jamoa bilan ishlash;

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!