«XXI asr maktab direktori: strategik yetakchilik va innovatsion yondashuv» mavzusidagi seminar-treningda maktab rahbarlari ta’lim sohasini yangi bosqichga olib chiqishga tayyorgarlik ko‘rdi. Innovatsiya, texnologiya, tajriba va yetakchilik qobiliyati – hammasi bir vaqtda jamlangan bu tadbirda yangi g‘oyalar, amaliyotda sinovdan o‘tgan yondashuvlar va strategik fikrlar almashildi.