2025-yil 8-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining «Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi» kafedrasi, «Tarbiya» kasbiy rivojlanish (malaka oshirish) kursi tinglovchilari tomonidan 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan «ESLASH – BUYUK QADRIYAT» nomli tonggi tadbir tashkil etildi.
Tadbirda urush yillarining og‘ir kunlari, xalqimizning sabr-toqati, birdamligi va matonati yodga olindi. Chunki ular bizning tariximiz, faxrimiz.
Tadbir davomida «Unutilmas qahramonlar» mavzusida interaktiv mashqlar va «Eslash orqali – kelajakka qarab» mavzusidagi fotoko‘rgazmalar namoyish etildi.
Pedagogik mahorat markaziga o‘qishga kelgan barcha o‘qituvchilar faol ishtirok etdi.