Click to listen highlighted text!

«AHA matematika» darsligining o‘ziga xos xususiyatlari. MSS nuqtai nazari mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

12.06.2025 17:46:20 70 Баспаға шығарыў

#ochiq_dars

2025-yil 9-iyun sanasida «Aniq va tabiiy fanlar metodikasi» kafedrasi katta o‘qituvchisi Asqar Nag‘metullayev tomonidan Matematika (1-guruh) guruhida «AHA matematika» darsligining o‘ziga xos xususiyatlari. MSS nuqtai nazari mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

Maqsadi:
«AHA matematika» darsligining o‘ziga xos xususiyatlari, Jerom Brunerning uch bosqichli «Moddiy-tasviriy-ramziy» o‘quv yondashuvi, masalalarni yechishda MSS yondashuvi asosida darslarni tashkil etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.

Dars davomida kasrlarni hisoblashda, fazoviy shakllarning hajmini hisoblashda va algebraik ifodalar mavzusini o‘qitishda MSS yondashuvini qo‘llashga oid amaliy topshiriqlarni bajarishda shu mavzularga oid moddiy obyektlardan, chizmalarini chizib ko‘rsatishda plakatlardan va ramziy variantini amalga oshirishda A4 formatdagi resurslardan foydalanildi.

Shuningdek, amaldagi milliy o‘quv dasturida belgilab qo‘yilgan talablarning ahamiyati haqida ham ma’lumotlar berildi.

Interfaol metodlar asosida tashkil etilgan ochiq darsda tinglovchilar faol ishtirok etdi. Refleksiya bosqichida ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, darsdan olgan amaliy ko‘nikmalari baholandi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!